O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini “yashil” yo‘lakdan olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Samarqand xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqarosi G.F. “yashil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada uning yuklari orasida tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan, deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 32 million so‘mlik tibbiyot uskunalari borligi maʼlum bo‘ldi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli qaroriga ko‘ra dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga tegishli ruxsatnoma asosida olib kirishga ruxsat berilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech