O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sifati kafolatlanmagan shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Jizzax shahri hududida fuqaro J.Sh boshqaruvidagi “NEXIA DOHC-2” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, 27 million 735 ming so‘mlik, 17 turdan iborat, 3263 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi. Fuqaro Sh.J ushbu tibbiyot vositalarini shartli xaridorga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

46 million so‘mlik dori vositalarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.O. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtotransport vositasida fuqaro S.I.ga tegishli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan, jami 365 qutida umumiy qiymati 46,1 million so‘mlik 3 nomdagi dori vositalari borligi aniqlandi.

Salkam 120 mln. so‘mlik kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari fosh etildi

Ohangaron tumani hududida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro M.O. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi shubha ostiga olinib o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 119,2 million so‘mlik jami 993 dona “Tropikamid 10mg” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda holatlar yuzasidan bojxona organlari surishtiruv ishlari olib borilmoda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech