O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sinopharm potensial koronavirus vaksinasining narxini eʼlon qildi

Xitoyning Sinopharm kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi potensial vaksinaning narxini eʼlon qildi. Kompaniya rahbariyatining maʼlum qilishicha, ikki martalik emlash narxi 1000 yuandan (144,27 AQSH dollari) oshmaydi, South China Morning Post maqolasiga tayangan holda xabar beradi pharmvestnik.ru.

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, vaksina 2020 yil oxirida keng foydalanishga tayyor bo‘ladi. Hozirda kompaniya regulyator organlar tasdig‘ini olish uchun zarur bo‘lgan vaksina samaradorligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni olish uchun Birlashgan Arab Amirliklarida klinik sinovlarning yakuniy bosqichini boshladi.

Vaksina qiymati Xitoyning Milliy tibbiy sug‘urta dasturi tomonidan qoplanishi yoki bepul emlash tizimiga kiritilishi haqida hozircha maʼlumot yo‘q. Sinopharm kompaniyasi o‘zining Uxan va Pekin shaharlaridagi zavodlarida yiliga 200 million dozadan ortiq vaksinani ishlab chiqarishga tayyor.

Avvalroq AQSHning Moderna kompaniyasi kichkina buyurtmalar uchun nomzod vaksinasining narxi har bir dozasi uchun 32-37 dollarni tashkil etishini eʼlon qilgandi. Iyul oyida AQSH hukumati Pfizer/BioNTech kompaniyasi bilan 50 million amerikalikni emlash uchun har bir dozasi 40 dollarga yaqin qiymatda vaksinani yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech