O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumining dasturiga muvofiq, yirik O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada respublikamiz farmatsevtika, kimyo, to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatga mahsulotlar ham namoyish etilmoqda.

Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, koʻrgazmadan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari salohiyatini va ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini ochib berishdan iborat. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari yangi aloqalar o‘rnatishga, kelgusidagi hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida farmatsevtika sanoatida 11 ta dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va dorivor o'simliklarni qadoqlash va biologik faol qo'shimchalar ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.

Ushbu korxonalar tomonidan 2022 yilda jami 393,8 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2023 yilda 460,7 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarish kutilmoqda. Shu bilan birga, xududdagi eksportchi korxonalar tomonidan 2022 yilda 11,1 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan bo'lsa, 2023 yilda 12,4 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

Xitoy bilan hamkorlik

Bugungi kungacha Xitoy bilan umumiy qiymati 546 mln dollarga teng jami 228 ta loyiha amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan
306 nomdagi dori vositasitalari;
527 nomdagi tibbiy texnika;
300 nomdagi substansiya;
192 nomdagi tibbiy buyumlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

2022 yil umumiy import (dori vositalari) qiymati 69,9 mln. dollarni, eksport esa 21,6 mln. dollarni tashkil etdi.
Joriy yil yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra import (dori vositalari) qiymati 14,0 mln. dollarni, eksport hajmi esa 32,1 mln. dollarni tashkil etdi.

Joriy yilning may oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi, O’zbekiston-Xitoy hamkorligi biznes forumi doirasida Xitoy tomoni bilan umumiy qiymati 60 mln dollarga teng bo’lgan 3 ta loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech