O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sirdaryo viloyatidagi farmatsevtika korxonalar faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi "2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-4949-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida viloyatdagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati va mavjud muammolarni o‘rganildi.

Jumladan “SARBONTEKS” QQ MCHJ, “BAXTTEKS-FARM” MCHJ, "GULISTON MED TEXNIKA" QK MCHJ, "REKA-MED FARM" QK MCHJ, "TEMUR MED FARM" MCHJ korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishilib, mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal darajada foydalanish koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarning oqibatlarini yumshatish masalasida Agentlik o‘z vakolatida yordam berishga tayyorligi bildirildi.

Maʼlumot uchun, mazkur korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Rossiya federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ukraina, Azarboyjon, Xitoy va Gruziya davlatlariga eksport qilinadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech