O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sirdaryoda bojxonachilar 2 ta holatda 428 mln. so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh qilishdi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro A.F. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli yengil avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomobil salonidagi 3 ta qog‘oz qutilarida xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, qiymati 87 mln. so‘mlik 5 800 dona “Vital Vit K1” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan hamkorlikdagi yana bir tezkor tadbirda esa avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro T.O. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, shuningdek, saqlash va tashish qoilariga rioya qilinmagan holatda 58 ta qog‘oz qutiladar dori olib ketilayotganligi aniqlandi.

Mazkur 83 turdagi 5722 quti dori vositalarining umumiy qiymati 341 mln. 750 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech