O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sochi shahridagi “Yevroosiyo – bizning uyimiz” ko‘rgazmasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Sochi shahrida MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raisligi doirasida “Sirius” fan va san’at bog‘ida “Yevroosiyo – bizning uyimiz” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad, MDH mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikdagi muvaffaqiyatli loyihalarni namoyish etishdan iborat. Sanoat kooperatsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat kompleksi, energetika, sog‘liqni saqlash, transport va logistika, moliya va o‘zaro hisob-kitoblar, turizm, sport, ta’lim va yoshlar siyosati - ko‘rgazmaning tematik yo‘nalishlari bo‘ldi.

Ko‘rgazmada Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham ishtirok etmoqda.

Sanoat kooperatsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat kompleksi, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, transport va logistika, moliya va o‘zaro hisob-kitoblar, turizm, sport, ta’lim va yoshlar siyosati - ko‘rgazmaning tematik yo‘nalishlari bo‘ldi.
O‘zbekiston ko‘rgazmada 5 ta milliy stend bilan ishtirok etib, unda sanoat kooperatsiyasiga kiritilgan sohalar (to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish mollari, charmpoyabzal, farmatsevtika, kimyo sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm) va IT-PARK faoliyati aks ettirildi.
Pavilonlar bo‘ylab ekskursiya davomida MDHga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoati salohiyati alohida tanishtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech