O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qanday huquqlarga ega?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729 Farmoniga binoan, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi quyidagi huquqlarga ega:

➖ davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mamlakat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish;
➖ Agentlik vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik maʼlumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rash va olish;
➖ dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlash;
➖ Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
➖ farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri maʼlumot almashish;
➖ farmatsevtika tarmog‘ining erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish va faoliyatini yana-da takomillashtirish, shuningdek, ularni boshqarish masalalarini kelishish;
➖ belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;
➖ farmatsevtika korxonalarini GMP qoidalariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatsiyadan o‘tkazish;
➖ farmatsevtika tarmog‘i mutaxassislarining malakasini oshirish.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech