O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning bayram tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Butun O‘zbekiston ahli mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi bayramini nishonlamoqda. Zero, bu ayyom xalqimizning hur va ozod yashashi, baxtli hayoti, farovon turmushiga asos bo‘luvchi eng muhim sana sifatida tarix zarvaraqlariga bitilgan. Barchangizni qutlug‘ shodiyona – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

Shunisi quvonarliki, bugun zamon bilan hamnafas tarzda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida barqaror o‘si­shga erishilayotgani, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik asosida dunyo xalqlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilib, taraqqiyot pillapoyalaridan dadil odimlayotganimiz yurtimiz istiqbolining naqadar porloq ekanligini ko‘rsatib turibdi.

O‘tgan 29 yil ichida yurtimizda yangi aholi turar-joy binolari, tibbiyot muassasalari, sport hamda maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari barpo etildi.Farmatsevtika sohasida ham o‘ziga xos taraqqiyot sari burilishlar bo‘ldi.

Qadrli yurtdoshlar! Bugun har birimiz ona Vatan mustaqilligi naqadar qadrli ekanligini chuqur his qilib turibmiz. Istaymizki, istiqlol nashidasi, bayram sururi har biringizni yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undayversin. Doimo xonadoningizdan qutbaraka, qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin.
Shu tinchlik, farovon hayot posponlari bo‘lib qolaylik.

Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi direktori Sardor Kariyev
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech