O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

SSV taklif ва tashabbuslar uchun yangi platformani ishga tushirdi

SSV yosh shifokorlar (45 yoshgacha) g‘oya ва tashabbuslarini bildirishi uchun «Yangi O‘zbekiston shifokorlari» platformasini tashkil etdi. Unda nafaqat O‘zbekistondagi, balki xorijdagi vatandoshlar ham ўз takliflari bilan qatnashishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning yosh, tashabbuskor shifokorlari uchun yangi g‘oya ва takliflar maydonini yaratdi.

«Prezidentimiz tibbiyot sohasini xalqimizni rozi qiladigan tizimga aylantirish bo‘yicha oldimizga juda katta vazifalarni qo‘ygan. Bularni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sohada ўз yechimini kutayotgan muammolarni hal etish uchun yangi g‘oya ва tashabbuslar, kreativ yondashuvlar nihoyatda zarur.

Bu borada vatanimiz ва xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etib, dolzarb masalalarni dadil ko‘tarib chiqayotgan yosh shifokorlar kuch-g‘ayrati, azm-u shijoatiga suyanamiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligining «Yangi O‘zbekiston shifokorlari» platformasi tibbiyot sohasining ana shunday faol ва tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirish maqsadida yaratildi. Yangi platforma nafaqat yurtimiz, balki dunyoning istalgan hududida yashab, mehnat qilayotgan 45 yoshgacha bo‘lgan shifokor vatandoshlarimiz uchun mo‘ljallangan. U orqali mamlakatimiz tibbiyoti oldida turgan dolzarb masalalar ва ularning yechimlari bo‘yicha yangi g‘oya, taklif hamda tashabbuslar qabul qilinib, sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama etiladi.

Shuningdek, eng yaxshi g‘oya ва takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlik istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Yangi O‘zbekiston tibbiyoti rivojiga ўз hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Ilg‘or g‘oya ва tashabbuslaringizni ro‘yobga chiqarish uchun maydon kerakmi? Unda shoshiling! Biz sizni hamkorlikka chorlaymiz!

Buning uchun ushbu manzil orqali ro‘yxatdan o‘tib, soha oldida turgan dolzarb masalalarning yechimlari bo‘yicha ўз g‘oya ва takliflaringizni qoldiring. Ularning konfedetsialligi taʼminlanadi.

Vatanga daxldorlik hissi ва faol fuqarolik pozitsiyangizni ko‘rsatish fursati келди. Sog‘liqni saqlash vazirligi sizning har bir g‘oya ва taklifingizni qadrlaydi. Imkoniyatni boy bermang!» deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech