O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston - Turkiya: Farmasevtika sohasida hamkorlik munosabatlari

2023-yil 25-26 dekabr kunlari Turkiya davlatida  Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tgan edi. Unda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori ishtirok etib, Turkiyaning bir nechta farmatsevtika kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish, yurtimizda farmatsevtika sohasida chet el kompaniyalari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida Abdulla Azizov hamkorlarni  O‘zbekistonga taklif qilgan edi.  Taklifga binoan bugun Turkiyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi “Abdi Ibrahim”ning xalqaro bozorlar bo‘yicha visa prezidenti  Ko‘ksal Ulgen O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Dastlab agentlik direktori Abdulla Azizov hamkorlarga  Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, investorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar haqida taqdimot o‘tkazib,  “Tashkent Farma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri hududida investision loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

 

Mazkur kompaniya Turkiyada joylashgan bo‘lib, mamlakat farmasevtika sanoatida 20 yildan ortiq yetakchi bo‘lib kelgan. Turkiya, Qozog‘iston va Jazoirda ishlab chiqarish quvvatlariga ega xalqaro farmasevtika kompaniyasidir. Dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq lisenziyalovchilar bilan ishlashdan tashqari, kompaniya o‘zining lisenziyalangan mahsulotlarini ishlab chiqaradi va dori-darmonlarni 70 dan ortiq mamlakatga eksport qiladi. Uchrashuv yakunida Ko‘ksal Ulgen O‘zbekiston bozorini o‘rganishi, "Toshkent farma park" klasteri bilan yaqindan tanishib, yangi loyihalar yuzasidan yana bir bor muzokara o‘tkazilishini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech