O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Surxondaryoda O‘zbekiston va Afg‘oniston Islom Respublikasi ishbilarmonlari ishtirokida Biznes-forum bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 24–26 may kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari ishtirokida Biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi hamda “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan o‘zaro savdoni yana-da kengaytirish, ikki davlat tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida turli sohalarida hamkorlik aloqalari rivojlantirish, Afg‘oniston Islom Respublikasi investorlari uchun qulay biznes muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishdan iboratdir.

O‘z mahsulotlari bilan mazkur tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lgan farmatsevtika sohasidagi barcha mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:

Sharofiddin Mirxaitov (93) 547-22-22
Saidqul Xolmatov (90) 680-78-78

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech