O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar o‘rganildi

Joriy yilning 15-18 aprel kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Investitsiya loyihalari monitoringini olib borish va farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdurauf Abdullayev hamda Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari bo‘linmalari rahbarlari hududlarda farmatsevtika sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar holatini joylarga chiqqan holda o‘rgandilar.

Xususan, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida “Alpomish Servis Invest” XK tomonidan umumiy qiymati 3,44 mln. yevrolik “Bir martalik tibbiyot shprislari ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Osiyo Darmon Servis” MCHJ tomonidan qiymati 3,5 mln. AQSH dollarilik “Tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqarishni tashkil etish” hamda Boysun tumanida “Hayotbek Boysun” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 85,0 ming AQSH dollarilik “Galen pereparatlarini (yod, brilliant ko‘ki, menovazin) ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalarining amalga oshirilishi jarayoni o‘rganildi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida “TRAST MED FARM” XK tomonidan umumiy qiymati 280,0 ming AQSH dollarilik “Galen preparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish”, Shahrisabz tumanida “Modern Galen Farm” MCHJ tomonidan qiymati 670,0 ming AQSH dollarilik “Galen pereparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish”, Mirishkor tumanida “Gold Biomed” MCHJ tomonidan qiymati 7,0 mln. AQSH dollarilik “Inyeksion va infuzion eritmalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalari holati bilan tanishib chiqildi.

Samarqand viloyati Samarqand shahrida “Samarkand England Eco-Medical” MCHJ QK tomonidan umumiy qiymati 9,0 mln. AQSH dollarilik “Infuzion eritmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish” va umumiy qiymati 2,64 mln. AQSH dollarilik “Tabletka va kapsula shaklidagi tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish”, “PHARM PARTNERS GROUP” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 1,4 mln. AQSH dollarilik “Tibbiyot PET idishlari va buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish”, Pastdarg‘om tumanida “Fortuna Urgut Medical” MCHJ tomonidan qiymati 4,5 mln. AQSH dollarilik “Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish”, Samarqand tumanida “Multi Fruite Korea” MCHJ XK tomonidan qiymati 20,0 mln. AQSH dollarilik “Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish”, Jomboy tumanida “Polidar Farm” MCHJ tomonidan qiymati 0,6 mln. AQSH dollarilik “Shamchalar (suppozitoriy) ishlab chiqarishni tashkil etish” hamda Payariq tumanida “Sifat elegant servis” MCHJ tomonidan qiymati 0,3 mln. AQSH dollarilik “Tibbiy qo‘lqoplar, bolalar tagliklari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

Monitoring davomida loyihalar doirasida mavjud muammolar aniqlanib, ularning yechimi yuzasidan hududiy viloyat hokimliklarining tegishli boshqarmalari bilan muzokaralar olib borildi va takliflar berildi. Shuningdek, loyiha tashabbuskorlarini kelgusida qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishilib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech