O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 5-6 may kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, transport va logistika sohalari”ga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

“Sanʼat saroyi” binosida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zbekzargarsanoati”, “O‘zyog‘moysanoat”, “O‘zsanoatqurilish materiallari” va “Xunarmand” uyushmalari vakillari ishtirok etishmoqda.

Tadbir doirasida tarmoq korxonalari tomonidan mahsulot xarid qilish bo‘yicha bitimlar tuzilib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumlari imzolanmoqda.

Shuningdek, ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasidan yirik sanoat va hududiy korxonalar bilan hamkorlikda yangi turdagi mahsulotlarni sanoat kooperatsiyasi asosida mahalliylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech