O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tanzila Narbayeva: «Dori vositalarini notibbiy maqsadda ishlatish yoshlarimiz, qolaversa, millat kelajagiga rahna solishi aniq»

Tanzila NARBAYEVA,  O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Senati Raisi:

“Ma’lumki, aholi orasida shifokor tavsiyasisiz o‘zini-o‘zi davolash odat tusiga kirgan. Bu esa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelayotganini kuzatyapmiz.

Dorixonalarda sotilayotgan kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining su’iste’mol qilinayotganligi, ularning asosan yoshlar tomonidan notibbiy maqsadlarda qo‘llanilayotganligi achinarli holdir. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy aylanishi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida, qariyb 50 ming o‘ram dori vositasi musodara qilingan.

Bunday dori vositalarini notibbiy maqsadda ishlatish yoshlarimiz, qolaversa, millat kelajagiga rahna solishi aniq. Umid qilamizki, kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash orqali biz yosh avlodning sog‘lig‘i va kelajagiga bo‘lgan katta xavf-xatarning oldini olgan bo‘lamiz”.

Manba

Farmatevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida
Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.
Telefon: (998 71) 203-81-81
Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech