O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish loyihasining Muhokama bayoni imzolandi

Joriy yilning 19 iyul kuni, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Eksimbanki bilan Muhokama bayonini (MOD) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qarorining ijrosini taminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Koreya Eksimbankining Iqtisodiy taraqqiyot hamkorlik (EDCF) jamg‘armasi hamkorligida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish” loyihasini sifatli amalga oshirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Loyihani amalga oshirish, Koreya Eksimbanki EDCF jamg‘armasining 10 yillik imtiyozli davr bilan yiliga 0,15% miqdorda 40 yil muddatga ajratiladigan 83,7 mln. doll. miqdordagi kredit mablag‘lari evaziga rejalashtirilgan.

Ushbu bayon mazkur loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini belgilovchi hujjat bo‘lib, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining direktori S.X. Kariyev, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Sh. Kudratov hamda Koreya Eksimbanki EDCF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari I.Cho janoblari tomonidan imzolandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech