O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Tashkent Pharma Park» ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish loyihasi amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish” (I bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident qaroriga asosan Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etilgan.

Klaster o‘z ichiga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, farmakopeya markazi va mehmonxonaga ega simpoziumlar markazidan iborat o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan Farmatsevtika texnik universiteti, shuningdek innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat zonasini tashkil etishni qamrab olgan.

Loyihani ikkita bosqichda qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish va amalga oshirish bilan ro‘yobga chiqarish nazarda tutilgan.

Birinchi bosqichda, ko‘p tarmoqli universitetning o‘quv binolari, o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, klinik oldi tadqiqotlar markazi, farmakopeya markazi, kutubxona, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, turar joy qurish amalga oshiriladi.

Koreya hukumati tomonidan Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) tomonidan O‘zbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 83,7 mln AQSH dollari miqdorida qarz taqdim etildi.

Loyihaning umumiy qiymati 98,6 mln AQSH dollariga teng TIA ishlab chiqilgan. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi loyihani amalga oshirish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish” (I bosqich) loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

EDCF bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foizni to‘lashning prognoz jadvali.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech