O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan “Zardeks” dori vositasini noqonuniy sotgan dorixonaga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkaizlgan tezkor tadbir natijdasida “OMAD FARM O‘TTIZ” MCHJga qarashli dorixonada qonunga xilof ravishda dori vositalari sotilayotganligi va tadbir natijasiga ko‘ra 34 dona “Zardeks” dori vositalari borligi aniqlanib, holislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Maʼlumot uchun, ushbu dori vositalariga respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan. Shu bois, mazkur dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish, foydlanish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taʼqiqlangan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasining Toshkent shahar, Posira MFY, TashGRES mavze, 25-uy, 4-xonadon manzilida joylashgan “OMAD FARM O‘TTIZ” MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2021 yil 8 fevralda berilgan TS №854-sonli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “OMAD FARM O‘TTIZ” MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Elatib o‘tishimiz joiz, O‘zbekiston Respublikasining "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunining 23-moddasiga ko‘ra, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish maqsadida saqlash, tashish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar ro‘yxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech