O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tehron shahrida “IRAN PHARMA 2022” VII Xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

10-12 oktyabr kunlari Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida “IRAN PHARMA 2022” VII Xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining vakillari ham qatnashdilar.

Ko‘rgazma doirasida Agentlik masʼul xodimlari xorijning bir qator ilg‘or farmatsevtik kompaniyalari vakillari bilan uchrashdilar. Jumladan, Eronning yirik eksportchi korxonalaridan iborat “Tamin Pharmaceutical Investment Co.” (TPICO) xolding farmatsevtika kompaniyasi rahbariyati bilan muloqot o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Eron farmatsevtika sanoati sindikati raisi Muxammad Abdezoda,Eron Islom Respublikasi Sog‘liqni saqlash va tibbiy taʼlim ishlari vazirligi xodimi, xalqaro departament eksperti Nilyufar Mard Fard xonum hamda “Food and Drug Administration” (FDA) tashkiloti farmatsevtika masalalari bo‘yicha bosh direktori Xuseyn Shumali va boshqa mutasaddi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvlarda xorij mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 213 – sonli “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 24 oktyabrdagi 862-sonli qarorlari asosida mamlakatimizda joriy etilgan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari bilan tanishtirib o‘tildi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida “Zomin-farm” EIZda farmatsevtika mahsulotlari va tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejasi prezentatsiya qilindi. O‘z o‘rnida eronlik mutaxassislar O‘zbekiston tomonidan maxalliy korxonalariga kelib tushgan taklifni o‘rganib, tashabbuskorlarning loyihalarini taqdim etilishiga kelishildi.

Mazkur chora-tadbirlar yaqin kelajakda Eron farmatsevtik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanayam mustahkamlab, qo‘shma korxonalarni tashkil etish orqali O‘zbekistonda dolzarb bo‘lgan farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarish va importini amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech