O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Test natijasi manfiy, ammo simptomlarga ega bemorlar nima qilishi kerak?

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Odilova ayrim muhim savollarga javob qaytardi.

- Ikki marta koronavirusga test topshirdim, ikkalasida ham test natijasi manfiy chiqdi, lekin o‘zimni juda yomon his qilayapman, o‘zimda koronavirusning hamma simptomlarini kuzatayapman. Poliklinikaga murojaat qilganimda test natijalaringiz manfiy deb meni davolashdan bosh tortishayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutay?

Bugungi kunda tez tibbiy yordam, ambulator poliklinika va shifoxonalarga tibbiy yordam olish uchun qilinayotgan murojaatlar va SEOM muassasalariga test topshirish uchun navbatda turganlarning aksariyatida kasallik mavjud emas, ularning asosiy qismida vahima hukmron bo‘lmoqda. Hurmatli fuqaro, Sizda agar natijalar manfiy bulsa, sizda koronavirus kasalligi emas, boshqa kasallikning alomatlari bo‘lishi mumkin. Oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.

- Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda koronavirusdan vafot etgan fuqarolarning kasalligi nega yashirildi?

Xabaringiz bor SSV tomonidan kasallanganlar haqidagi maʼlumotlar kuniga kamida 4 marta eʼlon qilinadi. Kasallikni yashirishdan esa hech qanday mantiq yo‘q. Shu bilan birga, statistik maʼlumotlar shifoxonaga yoki poliklinikaga murojaat qilgan bemorlar bo‘yicha emas, kasallik aniqlanib yakuniy tashxis qo‘yilgan bemorlarga nisbatan qayd qilinadi.

- Tibbiyot oliy o‘quv yurtida o‘qiydigan homilador qizimga karantin zonada ishlashga rozilik yozilgan tilxatga qo‘l qo‘ydirib olishibdi...

Karantin zonasida ishlash uchun yosh bolasi bor, homilador, katta yoshdagi, surunkali kasalliklarning og‘ir shakllariga chalinganlar jalb qilinmaydi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech