O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Prezidentimiz Аndijon tumanidagi “Makro Farm Andijan” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi

Oʼtgan yili Shavkat Mirziyoevning Аndijon viloyatiga tashrifi davomida mazkur korxona loyihasining taqdimoti oʼtkazilgan edi. “Makro Farm Andijan” korxonasi loyihasini uch bosqichda hayotga tatbiq etish koʼzda tutilgan. Birinchi bosqich 2018 yilning avgust oyida yakuniga yetdi. Yiliga 2,5 milliard soʼmlik dorivor oʼsimliklardan biologik faol qoʼshimchalar ishlab chiqariladi. Buning uchun 3 million dollar mablagʼ sarflandi, natijada 25 kishining doimiy bandligi taʼminlandi.

Ikkinchi bosqichda 5 million dollar mablagʼ evaziga yiliga 136 million dona shprits va infuziya uchun sistema ishlab chiqarish loyihasi hayotga tatbiq etildi. Mazkur loyiha 2018 yilning oktyabrь oyida yakunlanib, 110 ta yangi ish oʼrni yaratildi. 2020 yilga rejalashtirilgan uchinchi bosqichda yurak-qon tomir kasalliklarida qoʼllaniladigan 8 million dona tabletka va kapsula shaklidagi dori vositalari ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyiladi. 

40 kishi ishli boʼladi. 1, 2, 5, 10 milligrammli shpritslar va infuziya uchun sistemalar ishlab chiqaradigan ushbu korxona vodiyda yagona hisoblanadi.

Аyni paytda korxonaning 10 gektar yer maydonida naʼmatak, moychechak, barbaris, yalpiz, kolendula, dala choyi, aloe, polpola, valeriana, limon oʼti, samin choʼp kabi dorivor oʼsimliklar parvarishlanmoqda.
Davlatimiz rahbari mazkur korxonada tayyorlanayotgan dori vositalarini koʼzdan kechirdi. Dori-darmonlarning xalqaro sifat talablariga toʼla javob berishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi.

Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish Аgentligi matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech