O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan xorijiy tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 maydigi PF-6221-son Farmoni 12-bandiga muvofiq, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan xorijiy tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

☑️ Ular quyidagilar:

▪️ Oziq-ovqat va dori vositalari sifati nazorati boshqarmasi (FDA), AQSH.
▪️ Yevropa muvofiqligi (CE) sertifikatini berishga vakolatli organlar, Yevropa Ittifoqi.
▪️ Yevropa dori vositalari agentligi (EMA), Yevropa Ittifoqi.
▪️ Farmatsevtika va tibbiy buyumlar agentligi (PMDA), Yaponiya.
▪️ Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi vazirligi (MFDS), Koreya Respublikasi.
▪️ Dori vositalari va tibbiy buyumlar nazorati agentligi (MHRA), Buyuk Britaniya.

✅ 2021 yil 1 iyundan boshlab mazkur tashkilotlarning talablariga asosan sertifikatlangan tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlari O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaydi hamda o‘rnatilgan tartibda (https://lex.uz/docs/3594817)o‘n besh ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Eslatma: Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar haqida bu yerda tanishishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech