O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tibbiyot niqobi olib kelib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent. 2020 yilning 24 fevral kuni 43 yoshli A.A., o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Chilonzor tumani TXAY ko‘chasida 32 yoshli B.B., ga Eron davlatidan 2 mln. dona tibbiyot niqobi olib kelib berishini vaʼda qilib, B.B., dan 15.950 AQSH dollari miqdoridagi naqd pullarni oldindan olib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmay, olgan pullarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha A.A., ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va  unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, firibgarlik jinoyati qurboni bo‘lishingizni oldini olish maqsadida, mahsulot xarid qilishda rasmiy dilerlar yoki rasmiy savdo ofislari xarid qilishingizni tavsiya qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

__

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida
Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.
Telefon: (998 71) 203-81-81
Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech