O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun navbatdagi “mehnat yarmarka”si o‘tkazildi

O‘z ishini boshlash, bandlikning o‘ziga mos variantini topish, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish yoki hunar o‘rganish – bugungi kunda O‘zbekistonda har bir fuqaro istalgan yo‘nalishda o‘zini topa olishi mumkin. Xohish bo‘lsa bas.

Albatta, ishning sizga maʼqul kelishi, qolaversa, oylik masalasi ham muhim. Demak, taklif ham bu yerda muhim rol o‘ynaydi.

Xabar berganimizdek, joriy yilning 20 iyul sanasida Toshkent shahar prokuraturasining tashabbusi bilan, shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi hamda shahar bandlik bosh boshqarmalari hamkorligida shahrimizdagi band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida Toshkent shahrining Mirobod, Yashnabod, Yangi hayot, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Yunusobod, Sirgeli, Yakkasaroy, Chilonzor, Shayxontohur, Uchtepa tumanida joylashgan tuman tibbiyot birlashmalari umumiy 180 ta o‘rta maxsus tibbiy maʼlumotli tibbiyot xodimlari hamda 470 ta oliy maʼlumotli tibbiyot xodimlari uchun shuningdek, "GRAND PHARM TRADE" MCHJ dorixonalar tarmog‘i, "Koinot Radiotexnika Mollari" MCHJ (03) dorixonalar tarmog‘i hamda "ANVAR FARMSERVIS" MCHJ (A5) dorixonalar tarmog‘i farmatsevtik maʼlumotga ega kadrlar uchun o‘zlarida mavjud jami 120 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun tashkil qilingan navbatdagi mehnat yarmarkasida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent pediatriya instituti, Toshkent farmatsevtika institutining bitiruvchi talabalari va shahrimiz aholisi mavjud hamda yangi yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishib, ish beruvchilar tomonidan talab etiladigan malaka darajasi, ish haqi miqdori va boshqa masalalarda kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech