O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

TIBTEXNIKA” MCHJ O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi faoliyati haqida

O‘tgan yilning 12 noyabr, kuni Buxoro shahrida “TIBTEXNIKA” MCHJ O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasining ish boshlagani haqida xabar bergan edik. Ushbu loyihaning qiymati 12,6 mln. dollar (shundan 8,8 mln. dollari xorijiy investitsiyalar va kreditlar) bo‘lib, loyiha 2 bosqichdan iborat hamda Janubiy Koreyaning “Noanix”, AQSHning Reno Medical va “Olex Hnojewyj Ltd” kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichi 2019 yil dekabr oyida amalga oshirilgan bo‘lib, 5,4 mln. dollarlik mablag‘lar (shundan 1,8 mln. dollari xorijiy investitsiyalar) o‘zlashtirilib, tibbiy buyumlar (koronar stent, korona balon, diagnostik kateter, introdyuser va h.k.) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va 84 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Natijada yillik 15,6 mln. dollarlik 450 ming dona tayyor mahsulot va 7 mln. dollardan ortiq eksport imkoniyatiga ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilgan.

Bugungi kunda korxona tomonidan qiymati 7,2 mln. dollarlik (shundan 7,0 mln dollari xorijiy kreditlar) loyihaning 2-bosqichi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha 2021 yilning 2 choragida ishga tushirilishi kutilayotgan bo‘lib, loyiha doirasida yangi turdagi tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va ularni qoplash (vakuteynerlar ishlab chiqarish hamda tibbiy buyumlarni har xil qoplamalar bilan qoplash) yo‘lga qo‘yiladi va 66 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Natijada yillik 9,4 mln. dollarlik tayyor mahsulot va tibbiy buyumlarni qoplash va 7 mln. dollardan ortiq eksport imkoniyatlari ishga tushiriladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech