O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent Farmatsevtika institutida “Yoshlarni giyohvandlikdan asraylik” tadbiri o‘tkazildi

Toshkent Farmatsevtika institutida “Yoshlarni giyohvandlikdan asraylik” tadbiri o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab respublikamizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbiri amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan 9 fevral sanasida Toshkent Farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida “Yoshlarni giyohvandlikdan asraylik” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ichki ishlar vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hamkorlikdagi profilaktik tadbirida vazirlikning Tezkor qidiruv departamenti xodimlari, agentlikning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi O.Babaniyazov, shuningdek “Do‘stjonboy” jomeʼ masjidi imom xatibi M.Mirhaydarovlar ishtirok etishdi.

Suhbat jarayonida hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalar va ularning sintetik analoglari, psixotrop moddalarni qo‘llash holatlari keng tarqalayotgani taʼkidlanib, buning ayanchli oqibatlari batafsil ochib berildi. Suhbat davomida inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning yoshlar orasida tarqalishiga chek qo‘yish borasida qilinayotgan ishlarga ham alohida to‘xtab o‘tildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech