O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent shahrida BMB ZA‘FARON brendi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Maʼlumki, O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoiti dorivor o‘simliklarning qimmatli turlarini yetishtirish uchun juda qulay sanaladi. Bu haqida Sharqning buyuk tabibi Abu Ali Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida alohida taʼkidlaydi. Jumladan, asarda zaʼfaronning 100 dan ortiq turdagi kasalliklarni davolashda ishlatilishini taʼkidlagan.

Shuni taʼkidlash lozimki, yurtimizda zaʼfaron plantatsiyalari 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida barpo etilmoqda.

BMB ZA‘FARON yangi brendi uchun zaʼfaron plantatsiyalari BMB SHIFO shoʻba korxonasi tomonidan 2020 yilda yaratilgan. Jizzax viloyatining Baxmal tumanida dorivor o‘simliklar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan mazkur korxona mamlakatimizning eng qulay va ekologik toza hududlaridan birida faoliyat olib boradi.

Mazkur brend zaʼfaron mahsuloti mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

2021 yilning 5 fevral kuni BMB Trade Group kompaniyasi poytaxtimizdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida davlat va jamoat arboblari, xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik vakolatxonalari, el ardog‘idagi sanʼatkorlar, ishbilarmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda taniqli blogerlar ishtirokida zaʼfaron maxsulotining BMB ZA‘FARON brendi taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur taqdimot hamkorlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi-savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash innovatsion rivojlantirish Milliy Palatasi, KAFIL sug‘urta kompaniyasi va “Shafran” ilmiy-tadqiqot markazi ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida, BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulovga kirish so‘zi berildi va tadbir tantanali ochiq deb, eʼlon qilindi.

So‘ng zaʼfaron foydali xususiyatlarini o‘rganishda katta hissa qo‘shgan tabobat ilmi sultoni Abu Ali Ibn Sino siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishi mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Soha mutaxassislari tomonidan ishtirokchilar eʼtiboriga taqdim etilayotgan zaʼfaron maxsulotining yangi BMB ZA‘FARON brendi haqida tadbir mehmonlari tomonidan ijobiy fikrlar bildirib o‘tildi.

Shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedra mudiri, professor, tibbiyot fanlari doktori Feruza Ibragimovna Xamrabayeva shafran damlasini tayyorlash va uning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari haqida nutq so‘zladi.

Taqdimot davomida ishtirokchilar O‘zbekiston xalq artisti mohir opera ijrochisi Ramiz Usmonovning qo‘shiq-sadolari ostida, inson salomatligi uchun shifobaxsh bo‘lgan zaʼfaron damlamasidan taʼtib ko‘rishdi.

BMB ZA‘FARON brendi ostida taqdim etilayotgan zaʼfaron mahsulotining tarihi hamda ishlab chiqarish jarayonini o‘zida to‘liq va batafsil mujassam etgan mahsus videorolik namoyishi ham tadbir qatnashchilari o‘rtasida alohida unutilmas taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari hamda Olim Arzikulovich Xakimov hamda BMB TRADE GROUP kompaniyasi ijrochi direktori Abdurashid Sharufutdinov o‘zaro xamkorlik xaqidagi Kelishuv imzoladilar.

Shuningdek, BMB TRADE GROUP kompaniyasi Bosh direktori Baxtiyor Zulfiqorov zaʼfaron eksporti yuzasidan Saudiya Arabistonining “STE” kompaniyasi Bosh direktori janob Ubaydullox bilan distribyutorlik, kompaniyaning tijorat direktori Mirg‘ulom Usmanov hamda Gana davlatining “Hairmik Ventures” kosmetika kompaniyasi bosh direktori Emmanuella Kvofi xonim bilan “fyuchers” shartnomalari onlayn formatida imzolandi.

Ushbu imzolangan shartnoma va kelishuvlarning asosiy ahamiyati shundaki, mamlakatimiz raxbariyati tomonidan mahalliy maxsulotlarni eksport xajmini yana-da oshirishga va eksport bozorlarini jug‘rofiyasini, shu jumladan Yaqin Sharq va Afrika davlatlari misolida yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

Taqdimot shukuhini oshirish maqsadida mamlakatimizning taniqli sanʼat namoyondasidan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova tomonidan xalq orasida mashxur bo‘lgan xit qo‘shiqlari ijro etildi.

Barcha ishtirokchilarga BMB ZA‘FARON brendi maxsuloti tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg‘a sifatida tarqatildi. 

Umuman olganda, BMB ZA‘FARON brendining bo‘lib o‘tgan taqdimoti mamlakatimiz ichki zaʼfaron bozorida yangi o‘yinchi paydo bo‘lishini anglatadi. Bu esa o‘z navbatida dorivor o‘simliklar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga yordam beradi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech