O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti og‘ir judolikga uchradi

Xolliyev Murod Xamroyevich 1964 yilning 25 iyulida Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti tugatgach, Buxoro viloyati Qorako‘l tumani 3585-sonli Jamg‘arma banki kommunal to‘lovlar inspektori, katta inspektori, 1994 yildan 2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limining Ichki audit bo‘limi yetakchi mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Korporativ mijozlar bilan ishlash muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi Iqtisodiy tahlil bo‘limi yetakchi mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Bank bo‘limlarini boshqarish markazi Iqtisodiy tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Bank bo‘limlarini boshqarish markazi Iqtisodiy tahlil bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki iqtisodiy tahlil va statistika departamenti Korperativ mijozlar bilan ishlash boshqarmasi Mijozlar bilan munosabatlar bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Bekobod filiali boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2021 yil 19 apreldan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti bosh iqtisodchisi lavozimda ishlagan. Institutning rivojlanishida ulkan xissa qo‘shgan.

Xolliyev Murod Xamroyevich institutda fidokorona mehnat qilib, ezgu ishlari bilan chuqur iz qoldirdi. O‘zining hamkasblari o‘rtasida malakali mutaxassis, oq ko‘ngil va samimiy do‘st sifatida katta obro‘-eʼtibor qozongan.

Institut jamoasi marxumning oila-aʼzolari va yaqin qarindoshlariga chuqur taʼziya bildiradi.

Xolliyev Murod Xamroyevich yorqin xotirasi qalbimizda abadiy qoladi.

Marhumning oxiratini obod qilib, yaxshi amallarini o‘ziga xamroh qilsin va yaqinlariga sabr bersin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech