O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorantura (PhD) qabulini eʼlon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 17 sentyabrdagi 02-20/5286 - sonli murojaati va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 sentyabrdagi 08-09/12583 – sonli xatiga asosan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti 2022 yil uchun tayanch doktorantura (PhD) qabulini eʼlon qiladi.

2022 yil uchun tayanch doktorantura qabuli quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha eʼlon qilinadi:

Tayanch doktorantura:

14.00.30 – Epidemiologiya
15.00.01 – Dorilar texnologiyasi
03.00.12 -  Biotexnologiya
03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya
14.00.36 – Immunologiya va allergologiya

Kerakli xujjatlar:

Institut direktori nomiga ariza;
Mehnat daftarchasi (tasdiqlangan nusʼhasi);
Oliy taʼlim muassasi bakalavriyati va magistratura (klinik ordinatura) diplomlarning nusʼhalari;
Eʼlon qilingan maqola va tezislar nusʼhalari;
Pasport nusʼhasi;
Maʼlumotnoma va tarjimai hol (obyektivka);

Tayanch doktorantura (PhD) tanlovida qatnashuvchi talabgorlar tomonidan ixtisoslik va chet tili bo‘yicha kirish imtixonlari topshiriladi. Hujjatlar 2021 yilning 20 oktyabrgacha qabul qilinadi. Kirish imtixonlari joriy yilning 5-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Barcha talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining http://phd.mininnovation.uz/ veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Manzil: Toshkent shahri Ch.Aytmatov ko‘ch. 37 uy.
Telefon: + 99871 234-77-97 +998 97 197-88-38

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech