O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakant lavozimlar uchun tanlov eʼlon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi vakant lavozimlari stavkalariga tanlov eʼlon qiladi:

1. Umumiy epidemiologiya laboratoriyasiga ilmiy darajaga ega katta ilmiy xodim lavozimiga – 0,5;
2. Mikrobiologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori (fan nomzodi, PhD) darajasiga ega – 0,5; ilmiy darajaga ega katta ilmiy xodim – 1,0;
3. Virusologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori (fan nomzodi) ilmiy darajasiga ega – 1,0;
3. Bakteriologiya laboratoriyasiga  ilmiy darajaga ega yetakchi ilmiy xodim lavomiziga – 1,0; katta ilmiy xodim lavozimiga – 1,0; kichik ilmiy xodim lavozimiga – 1,0;
4. VSL- laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori (fan nomzodi) ilmiy darajasiga ega - 1,0; ilmiy darajaga ega yetakchi ilmiy xodim lavozimiga – 1,0;
5. Ozuqa muhitlari laboratoriyasiga ilmiy darajaga ega katta ilmiy xodim lavozimiga -1,0;
6. Yuqori texnologiyalar laboratoriyasiga ilmiy darajaga ega katta ilmiy xodim -1,0;
7. Zardoblarni tozalash va konsentratsiyasini oshirish laboratoriyasiga ilmiy darajaga ega katta ilmiy xodim lavozimiga – 1,0;
8. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mikroorganizmlar milliy kolleksiyasi markazi mudirligiga, fan doktori (fan nomzodi) ilmiy darajasiga ega – 1,0; katta ilmiy xodim lavozimiga ilmiy darajaga ega – 0,5;
9. Biotexnologiya laboratoriyasiga ilmiy darajaga ega katta ilmiy xodim lavozimiga – 0,5;
10. Rahbar sekretari lavozimiga – 1,0;
11. Rahbar o‘rinbosari sekretari lavozimiga – 1,0;
13. Elektrik lavozimiga – 1,0;

Taqdim etiladigan xujjatlar: Tanlovda ishtirok etish uchun Ariza,  Maʼlumotnoma, Diplom va ilmiy daraja diplomi nusxasi. Hujjatlarni PDF-shaklda tashrivs@umail.uz elektron manziliga yoki Institut maʼmuriyatiga taqdim  etishingiz so‘raladi.

Institut manzili: Toshkent shaxri, Yunusobod tumani, Ch.Aytmatov ko‘chasi 37 uy. Telefon: 97-7317691;  99-8807599;  99-8483426

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-son qarorining  6-ilovasiga asosan tashkil etilgan laboratoriyalar shtat birliklarini to‘ldirish maqsadida o‘tkaziladi.

Institut ilmiy xodimlariga Fanlar Akademiyasi Ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnat haqi to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar  eʼlon chop etilgan kundan 1 oy davomida qabul qilinadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech