O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent viloyatida dori vositalarini retseptsiz sotmaslik masalasida yig‘ilish o‘tkazildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Tibbiyot birlashmasining majlislar zalida Toshkent viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi tomonidan navbatdagi navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Bo‘ka va Piskent tumanlari DPM mutaxassislar, Bo‘ka va Piskent tumanlaridagi faoliyat yuritayotgan farmatsevtik mahsulotlarni chakana realizatsiya qiluvchi dorixona rahbarlari, mudirlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda Toshkent viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Saxob Omilov, DPM vrachlari tomonidan bemorlarga retsept yozishda amaldagi tartibga rioya qilish, shuningdek dorixona xodimlari tomonidan retsept asosida beriladigan dori vositalarini retseptsiz sotmaslik, dori vositalari va tibbiy buyumlarning farmatsevtik maʼlumotga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida tushuntirish berdi.

Yig‘ilishda shuningdek, pandemiya davrida aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash masalalari muhokama qilinib, qatanashchilardan kelib tushgan savollarga atroflicha javob qaytildi va ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalari bilan Toshkent viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasiga murojaat etishligi mumkinligini taʼkidlandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech