O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent viloyatida hindistonlik tadbirkor bilan farmatsevtika sohasida qo‘shma loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida “Heat Healthcare Pvt Ltd” korxonasi boshqaruvchi direktori Devendra Matxuriya bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur kompaniya 2013 yilda Ahmadobad shahrida (Gujarat shtati) tashkil etilgan bo‘lib, turli xil kasalliklarni davolash va jarrohlik maqsadlarida keng qo‘llaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Qayd etish joiz, D.Matxuriya 2020 yil fevral oyida O‘zbekistonda bo‘lib, respublikamizda farmatsevtika sohasi ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyati bilan tanishgan hamda mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha birlamchi kelishuvlarga erishgan.

Suhbat chog‘ida hind tadbirkori joriy yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarni davolashda qzllaniladigan dori vositalarini hamda antibiotiklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech