O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent viloyatidagi ayrim tibbiyot muassasalari ichki dorixonalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan respublika xududidagi Tibbiyot muassasalari ichki dorixonalarida o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan 2021 yil II-IV choraklarda farmasevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat tibbiyot muassasalari dorixonalarining litsenziya talab va shartlariga rioya etishlarini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq, 2021 yil 10-11 iyun kunlari Toshkent viloyati Silga qarshi kurash dispanseri, Angren shahar tibbiyot birlashmasi, Qibray tuman tibbiyot birlashmasi, Parkent tuman tibbiyot birlashmasi ichki dorixonalarida tekshirish ishlari o‘tkazildi.

Tekshiruvlarda tibbiyot muassasalari tomonidan lisenziya talab va shartlari,  shu jumladan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda sanitariya talablari buzilish holatlari aniqlanib, ushbu muassasalarga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar shaklidagi ta’sir choralari belgilandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech