O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20 iyun sanasida Toshkentda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi arafasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda Ozarbayjon va O‘zbekistonning yirik kompaniyalarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida erishilgan yutuqlarni taʼkidlanib, ikki mamlakat iqtisodiyotlarining ishga solinmagan salohiyati hamda neft-kimyo, kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik, avtomobilsozlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun mavjud shart-sharoitlar qayd etildi.

Taʼkidlash joiz forum yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha qator bitimlar, jumladan farmatsevtika yo‘nalishida yurtimizda faoliyat yuritayotgan «Meri Naturel» xususiy korxonasi va Ozarbayjonning “NargizMED” farmatsevtika korxonalari o‘rtasida shartnoma shuningdek, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida amaliy hamkorlik to‘g‘risida 10 ta kelishuv imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamovning Ozarbayjonga xizmat safari davomida Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligining Iqtisodiy hududlarni rivojlantirish agentligi vakillari bilan "Dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish" bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish va Ozarbayjonda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarimizni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech