O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

ToshVZITI xodimi Marat Maʼmurov Fransiyaning universitetiga taʼlim olishga yuborildi

Maʼlumki, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4899-sonli qarorining 1-ilovasi 66-bandi bilan “Olimlar va o‘qituvchilarning yetakchi biotexnologiya markazlarida taʼlim olishi va stajirovka o‘tashini, shuningdek, magistrantlar va PhD-doktorantlarning tahsil olishini tashkil etish” bo‘yicha topshiriq berilgandi.

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mazkur topshiriq ijrosi doirasida mazkur institut kichik ilmiy xodimi Marat Maʼmurov 2022 yilning sentyabr oyida Fransiyaning Parij-Sakle Universitetida (ARWU top-13) "Dori vositalari va tibbiyot mahsulotlarini takomillashtirish" mutaxassisligi bo‘yicha taʼlim olishga yuborildi.

Aytish joizki, Marat Maʼmurov joriy yilda "El-yurt umidi" jamg‘armasi, Fransiya elchixonasi va Campus France agentligi hamkorligida tashkil qilingan tanlovda ishtirok etib, magistratura taʼlim dasturi bo‘yicha "Jamg‘arma stipendiati" deb eʼtirof etilgandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech