O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Тurkiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Тurkiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Hukumati vakillari Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida joriy yilning 26-dekabr kuni Turkiya palatalari va birjalari ittifoqida Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Turkiya ishbilarmonlari vakillari hamda O‘zbekistonning vazirlik, idora va uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Turkiya vise-prezidenti Jevded Yilmaz kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Shundan so‘ng O‘zbekistonga qiziqish bildirgan turk kompaniyalari vakillarining nutqlari tinglandi. Yakunda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Tadbirda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ham ishtirok etib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo farmatsevtika bozori, investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi, bozor hajmining dinamik o‘sishi va qulay geografik sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqildi.

Biznes-forumda “AbdiIbrohim” kompaniyasining xalqaro bozorlar bo‘yicha vise-prezidenti Ko‘ksal Ulgen, “Bome Trivitron“ tijorat direktori Hilmi Tok, Turkiya farmatsevtika ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bosh direktori Doktor Sami Turk o‘g‘li, “Universal Certification“ kompaniyasi bosh menejeri Usmon Chamchi kabi tarmoq mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirok etdi hamda muzokaralar olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech