O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Turkiyaning “GÖKLER GROUP” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Turkiyaning tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “GÖKLER GROUP” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashqil etilgan mazkur uchrashuvda “GÖKLER GROUP” kompaniyasi bosh direktori Göksel Aras, tashqi savdo bo‘yicha menejer Turgay Abus, O‘rta Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili Bilal Incidelen lardan iborat delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik direktori Sardor Kariyev kompaniya vakillariga o‘zaro hamkorlik sohasida qiziqish bildirganlari uchun tashakkur izhor qildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida investitsion loyihasini amalga oshirish maqsad qilgan kompaniya bilan yurtimiz hududida tibbiy buyum ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Bu kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Turkiyaning “Gökler Group” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Bitim bilan mustahkamlandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech