O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xalqaro vebinar ishtirokchilari farmakologik nazoratda autsorsing xizmatlarini muhokama etdilar

Joriy yilning 3 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Rossiyaning Vialek korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti (GVP). Farmakologik nazoratda autsorsing xizmatlari” mavzusida vebinar o‘tkazdi.

Trening shaklida tashkil etilgan vebinarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Moldova, Gruziyaning 50ga yaqin farmatsevtika mutaxassislari hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elvira Svechnikova ishtirok etdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan vebinarda autsorsing xaqida, uning ijobiy va salbiy tomonlari, korxonalar uchun farmakologik nazorat autsorsing xavflari xaqida tushinchalar berildi. Shuningdek, seminar boshlovchisi o‘z maʼruzasida farmakologik nazorat bo‘yicha autsorsinga oid qonunchilik va meʼyoriy talablar, ro‘yxatdan o‘tish guvoxnomasi egasi farmakologik nazorat funksiyalarini  topshirganda sifat tizimiga qo‘yiladigan talablar va masalalarni qamrab oldi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech