O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ulug‘bek Egamov boshchiligidagi ekspertlar guruhi Koreya Respublikasiga tashrif buyurishdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov boshchiligidagi ekspertlar guruhi Koreya Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Koreya Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Kim Son Uk va Eksimbank vitse-prezidenti Pak Chon Gyu bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar chog‘i “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining taʼlim va ilmiy-tadqiqot komponetlarini yaratish” bo‘yicha Koreya hukumati EDCF jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning 1 va 2-bosqichlari amalga oshirish surʼatlarini tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.  Shuningdek, mazkur loyihaning qiymati 125 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 2-bosqichini amalga oshirish haqidagi hujjatning imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash darkorki, loyihaning 2-bosqichi doirasida 250 joyga mo‘ljallangan tibbiy gospitalga ega bo‘lgan Klinik tadqiqotlar markazining qurilishi va Ilmiy-tadqiqot markazi bilan bir qatorda zarur uskunalar bilan taʼminlanishi, 1-bosqichda bunyod etilishi rejalashtirilgan Data-markazining to‘liq jihozlanishi ko‘zda tutilgan.

Kelasi yilda kredit shartnomasining imzolanishi va loyiha 2-bosqichi doirasida qurilish obyektlarini loyihalashtirish uchun konsultantlarning saralab olinishi kutilmoqda.  

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech