O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Urganchda “Xududiy sanot yarmarkasi va kooperatsiya birjasi” bo‘lib o‘tmoqda

Shu kunlarda Xorazm viloyatining Urganch shahrida  “Xududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya  birjasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun, 29-30 aprel kunlari, davom etadigan mazkur tadbirda Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan famatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari, jumladan “JAYXUN INVEST” MCHJ, “OKS MASSAGET” MCHJ, “ELINZA” xususiy savdo va ishlab chiqarish firmasi, “EPOCH PHARM” MCHJ, “GOLD GROWN PHARMA” MCHJ, “GOLD MEDICINE PHARM ANDIJON” MCHJ va boshqalar ishtirok etayotgan bo‘lib, ular o‘z mahsulotlarini maxsus ajratilgan ko‘rgazma maydonlarida namoyish etmoqdalar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari ham “Xududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya  birjasi”da ishtirok etib, viloyat farmatsevtika tarmog‘ining eksport salohiyatini o‘rganmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Direktor o‘rinbosari Alisher Temirovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tadbir maxalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini o‘z mijozlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga hamda boshqa soha korxonalari bilan sanoat kooperatsiya aloqalarini bog‘lashga sharoit yaratadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech