O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Uzbek Leasing International A.O.» AJ QK halqaro lizing kompaniyasi farmatsevtika sohasida faoliyat yuritadigan ishlab chiqaruvchilarga o‘zaro manfaatli hamkorlik taklif etadi!

«Uzbek Leasing International A.O.» AJ QK xalqaro lizing kompaniyasi O‘zbekistondagi yetakchi lizing kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1995 yildan buyon lizing bozorida faoliyat ko‘rsatib keladi. Kompaniyaning aksionerlari Uzbek-Omon investitsion kompaniyasi, Maybank (Malayziya) hamda «O‘zbekiston Milliy Banki» bo‘lib, shu davrga qadar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki,  Islom korporatsiyasi, «AKA bank» (Germaniya) va «KDB Bank Uzbekistan» kabi xalqaro va mahalliy moliya tashkilotlarining kreditlaridan lizing loyihalarini moliyalashtirishda foydalanib kelmoqda.

Maʼlumot uchun, shu davrga qadar, mazkur kompaniya tomonidan to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, mebel va qurilish materiallari ishlab chiqarish, parrandachilik, sayyohlik, transport, poligrafiya, tibbiyot va farmatsevtika kabi sohalarda umumiy qiymati 210 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 1700 dan ko‘p loyihalar moliyalashtirildi.

Shuningdek «NIKA PHARM» MCHJ, «TASHKENT SHAHAR DORI-DARMON» AJ, “TEXNOXIMFARM” MCHJ, «SAMSUN-TOSHKENT FARM» MCHJ, «MEGA FARM SERVICE» MCHJ, «PHARM PARTNERS GROUP» MCHJ kabi farmatsevtika sohasi korxonalariga lizing xizmatlari ushbu kompaniya tomonidan ko‘rsatilib kelinmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar! Lizing mulkini xorijdan chet el valyutasida va milliy valyutada mahalliy ishlab chiqaruvchilardan va dilerlardan sotib olish xizmatlaridan foydalanish niyatida bo‘lsangiz unda (78) 120-02-02 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech