O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

(GDP) milliy talablarini barcha korxonalarga tadbiq etish yuzasidan onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5707-sonli Farmonida 2022 yilning 1 yanvariga qadar farmatsevtika mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar Zarur distribyuterlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga ko‘ra majburiy sertifikatlanishi lozimligi ham ko‘rsatilgan.

Shu munosabat bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazida 40 ga yaqin tadbirkorlar uchun Zoom platformasi orqali onlayn-konferensiya tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada Zarur amaliyotlar (GxP) milliy inspektorati bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xasanov mavzu yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Agentlikning Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Do‘smatov GDP sertifikati tomonlarga qanday manfaat keltirishi haqida so‘zlab, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdurahmon Ashurov distribyuter kompaniyalar xodimlarining aksariyati GDP standarti asosida malaka oshirish kurslarida taʼlim olganligi va qolgan korxonalarni bu o‘qishga jalb qilish masalasi ustida ish olib borilayotganini maʼlum qildi.

Konferensiyada, GDP milliy talablariga asosan ish ko‘rilishi – davlat uchun farmatsevtika mahsuloti sifati o‘zgarmay saqlanishi va yetkazib berish zanjiriga falsifikatlar kirib qolmasligining garovi bo‘lsa, oddiy xalq uchun unga faqat sifatli, bezarar va samarador mahsulotlar yetib kelishining kafolati ekani, distribyuterlarning o‘zi uchun esa GDP sertifikati – raqobatchilari oldida so‘zsiz ustunliklar, ertaga ham farmatsevtik bozorda aniq mavjudlik va kompaniya kapitalizatsiyasining oshishi ekanligi to‘liq ochib berildi.

Buni tushungan va 2022 yilda ham faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan yetakchi kompaniyalar mavzuga qiziqish bildirib, tez kunlarda sertifikatsiyadan o‘tish uchun ariza topshirishlarini maʼlum qilishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech