O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida farmatsevtika sohasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda

2021 yil 25 mart kuni Agentlik direktori Sardor Kariyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Demiya Zuxeyr Haddod bilan uchrashdi. Uchrashuvda Iordaniya Hoshimiylar Podshohli va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida farmatsevtika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Iordaniya elchisi janob Demiya Zuxeyr Haddod mazkur uchrashuv mustahkam aloqalarning boshlanishiga zamin yaratishiga umid bildirdi.  

Agentlik direktori ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha sohalar kabi farmatsevtika sohasiga ham katta eʼtibor berayotgani, buning natijasida farmatsevtika sanoatida qisqa muddatda ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini aytib o‘tdi.   

Ikki tomon davlatlar farmatsevtika sohasidagi hozirgi holat bilan bilan o‘rtoqlashdi va kelajakda foydali aloqalar o‘rnatish to‘g‘risida fikr almashdi.

 

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida ikki mamlakat farmatsevtika sohasi vakillari orasida videoaloqa ko‘rinishida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi. “Uning davomida soha mutaxassislari aniq hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oladilar”, dedi Sardor Kariyev.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech