O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Oʼzbekiston - Vengriya: farmatsevtika sohasida hamkorlik masalalari va istiqbolga moʼljallangan rejalar

Xabaringiz bor, Vengriya hukumati delegatsiyasi Oʼzbekistonda boʼlib turibdi. Tashrif doirasida qator yirik tadbirlar, uchrashuvlar oʼtkazilmoqda, ikki davlat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.

30 mart kuni poytaxtimizning International mehmonxonasida Oʼzbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʼilishi oʼtkazilib, uning doirasida B2B va G2B formatidagi qator uchrashuvlar boʼlib oʼtdi. Ularda turli sohada faoliyat olib boruvchi vengriyalik ishbilarmonlar oʼz mahsulotlari va xizmatlarini hamkorlik qilish istagida boʼlgan tadbirkorlarga namoyish etib hamkorlikning afzalliklari va uning ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha fikr almashishdilar va ular oʼrtasida qizgʼin muzokaralar oʼtkazilib, hamkorlik toʼgʼrisidagi kelishuvlar imzolandi.

Аytish joiz, vengriyalik mehmonlar farmatsevtika sohasida ham hamkorlikni jadal rivojlantirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. 

Yigʼilish ishida Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi vakillari ham faol ishtirok etdi. Oʼkazilgan uchrashuvlar va muzokalardan soʼng, Аgentlik Direktori oʼrinbosari Аlisher Temirov  xorijiy mehmonlar bilan Nobel Pharmsanoat korxonasiga yoʼl olib, u yerdagi ish jarayoni bilan yaqin tanishtirdi. Korxona rahbariyati vakillari mehmonlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech