O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Amerika kompaniyasi "Tashkent Pharma Park" hududida farmatsevtika korxonasini quradi

Avval xabar berganimizdek, “RafarmaPharmaceuticalsInc.” Xorij kompaniyasi ivestitsion loyihalarni amalga oshirish niyatida mamlakatimizning Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi  bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

Joriy yilning mart oyida amerikalik ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonning farmatsevtika bozorini va investitsion muhitini o‘rganish uchun tashrif buyurib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab ketgandi.

Ushbu tashrif davomida kompaniya vakillari mamlakatimizning farmatsevtika sohasi, xususan, Toshkent viloyati Zangiota tumanida qurilayotgan Innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri bilan tanishib, “Tashkent Pharma Park”direktori Sanjar Babajanov bilan o‘zaro manfaatli  kelishuvlarga erishgan edi.

Unga ko‘ra, Amerika kompaniyasi  Zangiotadagi farmatsevtika klasterining sanoat hududida "Onkologik dorilar va inson donorlari qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil yetish" loyihasini amalga oshirishni  rejalashtirgan edi. Kelishuvga binoan, xorij investorlari loyihaning oxirgi bosqichiga qadar  85 mln  AQSH dollari sarmoyasini kiritadi.

Bugun, 24 iyul kuni ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun  uch tomonlama investitsiya shartnomasi imzolandi. Imzolash marosimida Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi tomonidan direktor Sardor Kariyev, “Tashkent Pharma Park” direksiyasi tomonidan direktor Sanjar Babajanov va "Rafarma Pharmaceuticals Inc." tomonidan – mazkur kompaniyaning direktorlar kengashi raisi Ilya Shpurov qatnashdilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech