O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekistonlik mutaxassislar YEOIIda farmakologik nazorat masalalariga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdi

2021 yilning 25 mart kuni “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida dori vositalari ishlab chiqaruvchilar uchun farmakologik nazoratni tashkil etish tizimi” ilmiy - amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda YEOIIga aʼzo davlatlardan 600 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston 2020 yil dekabr oyidan Yevroosiyo iqsisodiy ittifoqi kuzatuvchisi maqomini olgan. Shu munosabat bilan, o‘zbekistonlik mutaxassislar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari mutaxassislari va nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan turli tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur seminarda O‘zbekistonlik 12 nafar tarmoq mutaxassislari ishtirok etishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elvira Svechnikova O‘zbekistonda farmakologik nazorat tizimida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida maʼruza qilib, farmatsevtika korxonalarida farmakologik nazoratni joriy etish bo‘yicha savollarga javob berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech