O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida «Innoprom—2023» xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Ko'rgazmada Armeniya, Xitoy,  Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Belorussiya, Turkiya  kabi rivojlangan mamlakatlardan kelgan 5 mingdan ortiq delegat, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniya, biznes vakillari ishtirok etdi. O'zbekistondan mazkur xalqaro ko'rgazmada Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi yurtimizdagi mahalliy korxonalar vakillari bilan birgalikda “Made in Uzbekistan” brendi ostida ishtirok etdi.

Ko'rgazma doirasida panel sessiyalari, muhokamalar, davra suhbatlari va biznes uchrashuvlari o'tkazildi. Muloqot maydonchalarida ekspertlar e'tibori sanoat ishlab chiqarishining asosiy masalalariga va mintaqa mamlakatlari o'rtasida ko'p qirrali hamkorlikni yo'lga qo'yishga e'tibor qaratildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech