O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan farmatsevtika kompaniyalari vakillari diqqatiga!

Xorijiy davlatlar bilan savdo - iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yilning 18-22 fevral kunlari "Dubai Expo-2020" Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida Dubay shahridagi (BAA) O‘zbekiston pavilyonida Farmatsevtika haftaligi o‘tkaziladi.

Tadbir davomida o‘zbek-amirlik biznes-forumi va "Made in Uzbekistan" biznes-missiyasi tashkil etiladi.

Maqsad - O‘zbekiston Farmatsevtikasining imkoniyatlari bilan tanishtirish, investitsion jozibadorligini namoyish qilish, ushbu sohada faoliyat yuritayetgan eng yaxshi farmkompaniyalar bilan investitsion va savdo-iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.

Shu munosabat bilan mamlakatimizdagi farmatsevtik mahsulotlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha farmkompaniyalar va ishlab chiqarish korxonalarning vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99890 136-74-93 (Doniyor Valiyev)

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech