O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat Markazining metrologiya xizmati xodimlari ishtirokida ilk marotaba amaliy kurs o‘tkazildi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazining metrologiya xizmati xodimlari ishtirokida ilk marotaba validatlash va verifikatsiyalash bo‘yicha amaliy kurs o‘tkazildi. Unda mutaxassislar qiyoslash laboratoriyalarining amaldagi usuliyatlarini O‘zDSt 3444:2019 standarti talablariga muvofiq takomillashtirish borasida zarur bilim va ko‘nikmalar olishdi.

Bundan tashqari, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazining metrologiya xizmati xodimlari uchun “Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida metrologik taminot” xaftalik malaka oshirish kursi tashkil etildi. Ushbu tadbirda metrologlarga tibbiy texnika va tibbiy o‘lchash vositalarining sifati va xavfsizligini taminlash bo‘yicha atroflicha maʼlumot berildi. Bu esa bajarilayotgan ishlarning sifati va malakasiga istemolchi ishonchini taminlashda nihoyatda qo‘l keladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech