O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Winkro International" farmatsevtik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14 iyul sanasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi mutaxassilari va Hindistonning "Winkro International" kompaniyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi binosida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda "Winkro International" kompaniyasi vakillari mamlakatimizning farmatsevtika sohasidagi hozirgi holati bilan tanishib, ushbu sohaning sarmoyaviy jozibadorligiga alohida eʼtibor qaratgan holda kelajakda foydali aloqalar o‘rnatish to‘g‘risida fikr almashdi.

Shuningdek uchrashuv davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Alisher Serjanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha sohalar kabi farmatsevtika sohasiga ham katta eʼtibor berayotgani, buning natijasida farmatsevtika sanoatida qisqa muddatda ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini taʼkidlab, Hindiston kompaniyasi vakillariga o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda o‘z vakolati doirasida yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech